"Real" yozda Angliya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
18 apr 2022, 17:17
Madridning "Real" klubi rahbarlari "Chelsi" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Ris Jeyms bilan shartnoma imzolashmoqchi.

Madrid jamoasi 22 yoshli angliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.

Jeymsning London klubi bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ris joriy mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Mirror