"Real" xarid qilmoqchi bo'lgan "Inter" hujumchisiga "Bavariya" va "Chelsi" qiziqa boshladi

Aslanov Jasurbek
16 fev 2018
"Real" yozda sotib olishni istagan "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi uchun kurashga "Bavariya" va "Chelsi" qo'shildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya", "Real" va "Chelsi"dan tashqari Ikardiga PSJ ham qiziqish bildirmoqda. "Inter" o'z sardorini qo'yib yubormoqchi emas va shartnomani uzaytirish uchun u va uning agenti Vanda Nara bilan muzokara olib bormoqda. Narazzurlar forvardga yillik maoshi 6,5 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilmoqda, ammo ikkinchi tomon 10 mln. evrolik maoshni istayapti.

Joriy mavsum 24 yoshli hujumchi A Seriyaning 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 18ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FC Inter News