"Real" va yana uch grand 150 mln evrolik o'yinchi uchun kurashmoqda

Alisher
22 sen 2024, 15:44
"Bayer" va Germaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Florian Virc transfer bozorida katta talabga ega bo'lmoqda.

Nemis vingerining xizmatlariga "Real", "Manchester Siti", "Bavariya" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. "Bayer" agar 150 million evro taklif qilinsa, 21 yoshli futbolchini qo'yib yuborishi mumkin.

Vircning Leverkuzen klubi bilan mehnat kelishuvi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 130 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes