"Real" va "Napoli" sobiq o'yinchisi Kalexon "Granada"ga o'tdi. Bu Xose tug'ilgan provinciyasi klubi

Alisher
25 iyul 2022
Xose Kalexon La Ligaga qaytdi.

35 yoshli yarim himoyachi erkin agent maqomida "Granada" bilan shartnoma imzoladi.

Kalexon Andalusiya avtonom hamjamiyatidagi Granada provinciyasiga kiruvchi Motril shahrida tug'ilgan.

Futbolchi 2013-2022 yillarda A Seriyada o'ynadi: 2020 yilgacha "Napoli" safida, keyin ikki mavsum "Fiorentina" tarkibida. Kalexon Ispaniyada "Real" va "Espanol" safida harakat qilgan.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum 33ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: granadacf.es