"Real Sosedad" bosh murabbiyi: "Umid qilamizki, Messi yomon kunini o'tkazadi"

Alisher
14 dek 2019
"Real Sosedad" bosh murabbiyi Imanol Alguasil "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi.

Bugun, La Liga 17-tur doirasidagi "Real Sosedad" - "Barselona" o'yini bo'lib o'tadi.

"Messini to'xtatib qolishning yo'li yo'q. U ko'plab jamoalar va murabbiylarga qarshi o'ynagan. U uchun faqat yomon kun bo'lishiga umid qilish mumkin. 

Ikkilanishsiz, u men uchun tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Uni doim o'ziga yaqin va o'zidan past saviyali futbolchilar o'rab oladi", - deydi murabbiy. 



AlisherMuallif
Manba: Marca