

"Real Sosedad" klubi La Liga yakunlanishiga bir tur qolganda YCHL yo'llanmasini naqd qildi. "Real Sosedad" "Atletiko"ga mag'lub bo'ldi, ammo klubni taqib qilayotgan "Vilyarreal" ham o'z uchrashuvini boy berdi va sosedadliklar YCHL yo'llanmasiga muddatidan avval ega chiqishdi. Klub oxirgi marta 2013-2014 yilgi mavsumlarda bu turnirda ishtirok etgandi.
Yevropa ligasi yo'llanmasi esa "Vilyarreal" va "Betis" jamoalariga nasib qildi. Konferenciyalar ligasi yo'llanmasi taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi.



