Mbappe "Real"ning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 fev 2026
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe shanba kuni "Real Sosedad"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi "Real"ning umumjamoa mashg'ulotlarida ikki kundan buyon qatnashgani yo'q. U hali ham dekabr oyi oxirlarida oyog'idan olgan jarohati sababli noqulaylik his qilmoqda. Shu sababli uning LaLiga doirasidagi navbatdagi bahsda qatnashishi so'roq ostida turibdi.

"Real" LaLiga 24-turi doirasida 14 fevral kuni "Real Sosedad"ni o'z maydonida qabul qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/carlitosonda