RFEF "Real Sosedad"ga qarshi o'yindagi hakamlikni tanqid qilgan de Yong va Ferminni jazolamaydigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2026
"Barselona" futbolchilari hakamlik borasidagi fikrlari uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Frenki de Yong va Fermin Lopes "Real Sosedad"ga qarshi bahsdagi (1:2) hakamlikni tanqid qilgani uchun jazolanmaydi.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik yarim himoyachi o'yindan so'ng shunday degan edi: "Xil Mansano menga xuddi "men sendan ustunman" degandek qaradi. U o'zini bunday tutmasligi kerak. Yamalning golida hech qanday ofsayd ko'rmadim".

Fermin Lopes esa Lamin Yamalning bekor qilingan goli ustidan kulib, ijtimoiy tarmoqlarga VAR epizodidan kadr va kulayotgan emodzilarni joylashtirgan edi.

As nashri bergan xabarga ko'ra, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) intizom qo'mitasi "Barsa" o'yinchilariga nisbatan hech qanday sankciya qo'llamaslikka qaror qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As