"Real PSJ yulduzi uchun 100 mln evrodan ortiq taklif qilishga tayyor

Alisher
27 okt 2024, 14:40
"Real" PSJning 18 yoshli xavbeki Uorren Zaire-Emeriga qiziqmoqda.

Bu haqda jurnalist Raul Kabrera Ximenes xabar bermoqda. Madridliklar yosh iqtidor uchun 110 mln evro atrofida to'lashga tayyorlar.

PSJ o'z tarbiyalanuvchisini qo'yib yubormoqchi emas. Parijliklar Zaire-Emeriga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi va unda o'yinchining maoshi sezilarli darajada yuqori bo'ladi.

Zair-Emeri PSJ tarkibida barcha musobaqalarda 84ta o'yin o'tkazib, 6ta gol va 7ta assist qayd etgan.



AlisherMuallif
Manba: fichajes.net