"Real" - PSJ – muddatidan oldingi final. Madridliklar tajribaliroq, ularga ustunlikni beraman". Anelka CHL haqida

Alisher
11 fev 2022, 10:15
"Real" va PSJ sobiq hujumchisi Nikolya Anelka jamoalarning Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvidagi to'qnashuvi haqida gapirdi.

"Bu muddatidan oldingi final, hamma narsa bo'lishi mumkin. Ikki ajoyib, ikki buyuk klub. Men biroz ustunlikni "Real"ga beraman, sababi ular tajribaliroq. Bu bosqichga kelganida, u juda ham kuchli jamoani namoyish etadi.

PSJda ham ajoyib futbolchilar bor, ular ham kerakli natijalarga erishishlari mumkin", - deydi Anelka.

"Real" va PSJ o'rtasidagi ilk o'yin 15 fevralda, ikkinchisi esa 9 martda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com