"Real" o'zining transfer xatosini to'g'irlamoqchi

Alisher
25 yanv 2021
"Real" Serxio Regilonning "Tottenxem"ga transferidan afsusda va uni kelasi yozda ortga qaytarmoqchi.

"Qirollik klubi" 24 yoshli chap qanot ispaniyalik futbolchining qaytishi uchun 45 million evrodan voz kechishga tayyor.

"Real Regilonni 2020 yilning sentyabr oyida qo'yib yuborgan edi. Ammo klub rahbariyati bitimda uni 2 yil ichida birinchi bo'lib xarid qilish  bo'yicha bandni qoldirishgan edi. Endi klub kadrlar muammosini hal qilish uchun ushbu bandni faollashtirish haqida o'ylab qoldi.

"Tottenxem" kuzda Regilonga 35 million evro to'lagan edi, "Real" hozir futbolchi uchun 10 mln ko'proq to'lashga tayyor. Serxio Madriddan jamoadagi holatidan norozi holda ketgan edi - Zinedin Zidan o'yinchiga ishonch bildirmagan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.