“Real Madrid”ning asosiy futbolchisi jarohat oldi

Khoja
2 fev 2024
“Real Madrid”ning navbatdagi futbolchisi jarohat sababli o'yinni davom ettira olmadi.

Bugun tunda Madrid jamoasi La Liganing qoldirilgan turida “Xetafe”ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo'lim so'nggida Antonio Ryudiger Meyson Grinvud bilan to'qnashib ketdi va shu sababli himoyachi ikkinchi bo'limda maydonga tushmadi. 

Hozircha germaniyalik futbolchining ahvoli borasida aniq ma'lumot berilmagan. Shunisi ma'lumki, endi madridliklarda atigi bitta sog' markaziy himoyachi qoldi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com