"Real Madrid" Mbappe bo'yicha so'nggi qarorni qabul qildi

Alisher
20 iyun 2023, 09:17
Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni kelasi yozgacha kutishga qaror qildi.

Marca xabariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati Mbappe masalasi bo'yicha so'nggi qarorni qabul qilishdi: ular fransiyalik futbolchini erkin agent sifatida kelasi yil klubga olib kelishmoqchi. 

Oldinroq Mbappe kelasi yozda tugaydigan PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.

2022/2023 yilgi mavsumda Kilian PSJ safida Fransiya chempionatida 34 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt tomonidan futbolchining transfer qiymati 180 million evroga baholangan.


AlisherMuallif
Manba: Marca