Real Madrid Italiya terma jamoasining asosiy himoyachisini sotib olmoqchi

Khoja
28 iyun 2024
Real Madrid Italiya terma jamoasining asosiy himoyachisi Rikkardo Kalafori bilan shartnoma tuzishni reja qilgan.

Madridliklar 22 yoshli futbolchining talantiga ishonishmoqda va u kelajakda yuqori darajadagi himoyachi bo'lishiga umid qilishmoqda.

Bolonya himoyachisi o'tgan mavsum 40 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Himoyachining transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com