Real Madrid afsonasi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Khoja
5 may 2024
Real Madrid sardori Nacho Fernandes yozda Madridni tark etadi.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, futbolchiga MLSning bir qator jamoalaridan taklif tushgan va 34 yoshli himoyachining o'zi ham faoliyatini AQSHda davom ettirishga qarshi emasligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Nacho 2012 yildan beri Madrid jamoasining asosiy tarkibida harakat qiladi. U Qirollik klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com