"Real" ko'zlab qo'ygan hujumchi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
19 avg 2018, 14:28
Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi "Inter" bilan shartnomasini uzaytirdi.

"Sport Italia" xabariga ko'ra, shartnoma 2023 yilga qadar uzaytirilgan. Kelishuvda uning tovon puli 160 mln evro etib belgilab qo'yilgan. Mauro yangi shartnomaga ko'ra, yiliga 8 mln evro maosh oladi. Hozircha bu haqda rasmiy ma'lumot keltirilmagan.

Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilda o'z yakuniga etadi. Oldinroq uning xizmatlariga "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lgani borasida xabarlar tarqalgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Italia