“Dinamo” urugvaylik Brazilni o'z safiga qo'shib oldi. U O'zbekiston chempionatidagi ilk urugvaylik futbolchiga aylandi

Alisher Ostonov
18 yanv 2026
“Dinamo” o'z safiga urugvaylik futbolchi Mauro Brazilni qo'shib oldi.

“Mauro Brazil – Dinamo futbolchisi


2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan “Dinamo” PFK legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma'lum qiladi.

Dubayda yig'in o'tkazayotgan jamoamiz safiga urugvaylik Mauro Brazil kelib qo'shildi. 26 yoshli legioner himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mauroning so'nggi klubi Urugvay chempionati vakili “Serro-Largo” klubi bo'lib, 2025 yilda Klausurada 5-o'rinni egallagan. 

Mauro Brazil o'z vaqtida Urugvay U20 yoshlar jamoasi safida 10ta o'yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u Urugvay milliy jamoasiga ham chaqirilgan bo'lib, debyutini 2024 yilda Kosta-Rikaga qarshi bahsda (0:0) o'tkazib, markaziy himoyada harakat qilgan.

Mauro Brazil – “Dinamo” tarixidagi urugvaylik ilk o'yinchiga aylandi. Ishonamizki, Brazil barchaning ishonchini oqlaydi va Samarqand klubida katta muvaffaqiyatlarga erishadi.


Bienvenido, Mauro Brasil! 

Ma'lumotnoma:

Mauro Alexandro Brazil

Tug'ilgan joyi: Montevideo, Urugvay.

Tug'ilgan sanasi: 27 aprel, 1999 yil

Ampluasi: Markaziy himoyachi”, - deyiladi klub xabarida.




Alisher OstonovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати