"Real" himoyachisi jarohat tufayli bir yildan ortiq maydondan chetda qolishi mumkin

8 may 2026, 09:40
"Real" chap qanot himoyachisi Ferlan Mendining jarohati kutilganidan ham og'irroq bo'lib chiqdi, deb xabar bermoqda COPE.

Manbaga ko'ra, Mendida sonning to'g'ri mushak payining yorilishi va suyakdan ajralib ketishi tashxisi qo'yilgan. U kamida bir yil maydondan chetda qoladi. Dushanba kuni unga operaciya o'tkazilishi kerak. Agar jarohat og'ir kechsa, bu futbolchining faoliyatini tugatishga olib kelishi ham mumkin.

Mendi Ispaniya chempionati 34-turida "Espanol"ga qarshi o'yinda jarohat olgan. Bu uning joriy mavsumdagi to'rtinchi jarohatidir.


Manba: COPE