

Oldinroq futbolchilar mashg'ulot vaqtida kiyim almashtirish xonasida janjallashgani va urugvaylik futbolchi stol ustiga yiqilib, kasalxonaga olib ketilgani va u yerda futbolchiga chok tushgani borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Jamoadoshlar kechagi mashg'ulotlarda ham janjallashishgan va shu sababli klub favqulodda yig'ilish o'tkazgan.
"El Chiringuito" nashri jurnalisti Edu Agirrening yozishicha, dastlabki janjaldan keyin urugvaylikning miyasida muammolar paydo bo'lgan va voqeliklarni unutib qo'yishni boshlagan.
Shu boisdan Valverde "Barselona"ga qarshi maydonga tushmasligi kutilmoqda.
Ushbu ma'lumotni klub matbuot xizmati rasman tasdiqladi. Futbolchi 10-14 kun mobaynida o'yinlarda qatnashmaydi.



