"Real" Valverde va Tchuameni o'rtasidagi janjal bo'yicha bayonot berdi

8 may 2026, 07:08
"Real" yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasida ertalab mashg'ulotda yuzaga kelgan janjal yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

"Real" futbol klubi bugun ertalab birinchi jamoa mashg'ulotida yuzaga kelgan voqea yuzasidan Federiko Valverde va Orelen Tchuameniga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinganini ma'lum qiladi.

Klub ikkala ish bo'yicha ichki tartib-qoidalar tugagandan so'ng natijalarni belgilangan muddatda e'lon qiladi", - deyiladi "Real" bayonotida.


Manba: Championat.com