"Real" futbolchisi "Bayer"ga yo'l olishi mumkin

Alisher
28 apr 2024
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini "Bayer"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Migel Anxel Dias xabar bermoqda. 34 yoshli ispaniyalikning madridliklar bilan shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi. Oldinroq, uning "Real" bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Nacho "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun faoliyatini jamoada o'tkazmoqda. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda jamoa tarkibida 37ta o'yin o'tkazdi. Transfermarkt uni 4 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/miguelitocope