"Real" fransiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
4 may 2020
"Real" "Renn" xavbeki Eduardo Kamavinga borasida muzokaralarni boshladi.

"Qaymoqranglilar" rahbariyati klubning bosh skauti Juni Klafatuga ehtimoliy transferning barcha detallarini o'rganishni buyurdi.

17 yoshli Kamavinga ham "yangi chorlov"larga qarshi emasligi ayon. U Madrid klubiga o'tishni jiddiy tarzda ko'rib chiqmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: football24.ru