“Real” YCHL uchun qaydnomasini e'lon qildi

Madrid klubi YCHL guruh bosqichida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

“Qirollik klubi” quyidagi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazgan:

Darvozabonlar: Alfons Areola, Tibo Kurtua;

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militan, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Farlan Mendi;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Fede Valverde, Xames Rodriges, Braim Dias, Isko, Lukas Vaskes; 

Hujumchilar: Garet Beyl, Eden Azar, Karim Benzema, Luka Yovich, Vinisius, Rodrigo Goes,Mariano Dias.

Ma'lumot uchun, “Real” musobaqaning “A” guruhida PSJ, “Galatasaroy” va “Bryugge” klublariga qarshi kurash olib boradi.


Manba: “Реал” расмий сайти