"Real" bosh murabbiyi ikki himoyachiga ishonmayapti

Sherzod Nurmatov
22 avg 2025
Madridning "Real" jamoasi himoyachilari David Alaba va Antonio Ryudiger joriy mavsum oxirida jamoani tark etadi.

Bu haqda "Bernabeu Digital" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchilar "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning uzoq muddatli rejalariga kiritilmagan. Mutaxassis afzal ko'rgan markaziy himoyachilar juftligi – Din Xyoysen va Eder Militao.

Qolaversa, klub germaniyalik va avstriyalik futbolchining tez-tez jarohat olishidan norozi. "Real" futbolchilarga yozda kyetishni taklif qilgan, ammo ular rad etgan.

Demak, futbolchilar bir yildan keyin “Real”ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Har ikki himoyachining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha hisoblangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bernabeu Digital