"Real" "Ayaks"dan Sebalos uchun 10 million evro so'ramoqda. Tomonlar optimistik kayfiyatda

7 iyun 2026, 12:05
"Ayaks" "Real" bilan Dani Sebalos transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Hozirgi vaqtda tomonlar optimistik kayfiyatda bo'lib, yakuniy kelishuvga erishishga umid qilmoqdalar. "Real" futbolchi uchun taxminan 10 million evro so'ramoqda. "Ayaks" madridliklar so'ragan summaga yaqinlashishga tayyor, muzokaralar esa ijobiy yo'nalishda ketmoqda.

Amstyerdam jamoasining yangi bosh murabbiyi Michel Sebalosni jamoada muhim figuraga aylanishiga ishontirdi. 29 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum La Ligada 16 ta o'yin o'tkazdi.

Shuningdek, "Betis" ham Sebalosni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: As