"Real", "Arsenal" klublarida o'ynagan braziliyalik futbolchi faoliyatini yakunladi

Julio Baptista butsalarini mixga ilganini e'lon qildi.

37 yoshli Baptista futbolchilik faoliyati davomida "San-Paulu", "Sevilya", "Real Madrid", "Arsenal", "Roma", "Malaga", "Kruzeyro", "Orlando Siti" jamoalarida to'p tepgan.

Uning oxirgi klubi yaqinda Ruminiya chempioni sifatida e'lon qilingan "Kluj" jamoasi bo'ldi. 

 Baptista 2001-2010 yillar oralig'ida Braziliya terma jamoasini 48 o'yinda himoya qilgan va 2 marta Kopa Amerika musobqasida g'olib chiqqan. 


Manba: twitter.com/J_Baptista81