

Futbolchi "Real"ga o'tgani rasman e'lon qilingandan keyingi 48 soat ichida 345 mingta futbolkalarni sotishga ulgurdi. Bu degani har soatda 7187 futbolkalani muxlislar sotib olishmoqda.
Hozircha klub Xames Rodrigezning futbolkalari savdosidan 33,4 million evro ishlab oldi. Bu mablag'ning 40% klub hisobiga tushiriladi.
"Real" hozirga qadar Xames Rodrigezning transferiga ishlatilgan pullarni uchdan birini qoplay oldi.



