"Rayo Valekano"ga qarshi o'yin oldidan "Atletiko"da 6 yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021
"Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan oldin "Atletiko" tarkibida bir necha yo'qotishlar bor.

"Matraschilar" bosh murabbiyi ushbu bahsda Antuan Grizmanna, Joau Felish, Koke, Markos Lorente, Stefan Savich va Ektor Errera kabi futbolchilarga imkoniyat bera olmaydi.

LaLiganing 19-turi doirasida "Atletiko" - "Rayo Valekano" bahsi 2 yanvar kuni 20:15da start oladi. Oldinroq "Rayo Valekano"ning 17 futbolchisida koronavirus aniqlangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal