"Rayo Valekano" yangi bosh murabbiyni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
21 mar 2019
Ispaniyalik mutaxassis Pako Xemes "Rayo Valekano" bosh murabbiyiga aylandi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 48 yoshli mutaxassis jamoa bilan 2020 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. U kechagina iste'foga chiqqan Michelning o'rnini egalladi.

Eslatib o'tamiz, Pako 2012-2016 yillarda "Rayo"ni boshqargan.

Ayni damda "Rayo" LaLiganing 17-jamoasi bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com