Rayan Giggz Angliyaning to'rtinchi ligasida ishtirok etayotgan jamoaga bosh murabbiy bo'lishi mumkin

Khoja
3 yanv 2024
“Manchester Yunayted” afsonasi Rayan Giggz yana murabbiylikka qaytishi mumkin.

 U Angliyaning to'rtinchi ligasida ishtirok etuvchi “Solford Siti” bosh murabbiyi bo'lishga asosiy nomzod hisoblanadi. Ayni vaqtga “Solford Siti” Angliyaning 2-ligasida 24 jamoa ichida 21-o'rinda ketmoqda.

Ma'lumot uchun, Giggz aka-uka Nevill, Niki Batt, Pol Skoulz va Devid Bekxem bilan birgalikda “Solford Siti”ning akciyalariga ega. Har bir sobiq futbol afsonalarida jamoaning 10 foiz akciyalari bor. Qolgan 40 foizi esa Piter Limga tegishli.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru