- Nazarimda ikkinchi davrada oson o'yinni o'zi bo'lmaydi. Har bir uchrashuv keskin va murosasiz ruhda o'tadi – deya dastlabki fikrlarni bayon etdi, Ravshan Akmalovich.
Bugungi bahs ham bundan mustasno bo'lmadi. Har ikki jamoada ham ochkolar soni u qadar ko'p bo'lmaganligi bois tomonlarni maydonga faqat g'alabani ko'zlab tushishga undamoqda. Shu sababdan mezbonlar ham biz ham uch ochkoni maqsad qilgandik. Afsuski ikki o'yindan beri futbolchilarimiz bahsning dastlabki daqiqalarida gol o'tkazib yuborishmoqda.
Aynan shu jihat bizni o'ylantirib, bezovta qilmoqda. Tezkor gol o'tkazib yuborilganidan keyin futbolchilarimiz vaziyatni tenglashtirib, o'z o'yinlarini ko'rsatishmoqda. O'ylashimcha bugun jamoamiz ko'p hollarda tashabbusga erishdi.
Albatta “Navbahor” jamoasida ham qarshi hujumlarda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Biroq, darvozabonimiz mahoratini namoyish etib, jamoamiz foydasiga harakat qildi. Ikkinchi bo'limda ustunlikni qo'lga olishimiz natijasida hisoni tenglashtirishni uddasidan chiqdik. Umuman olganda o'yin duranga mos tarzda o'tdi.