Rasuljon Rahmonberdiev: "UzDongJu" yaxshi jamoa"

Narzulla Saydullayev
10 may 2016
O'zbekiston Birinchiligining 8-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "UzDongJu" uchrashuvi oldidan mezbonlar a'zosi Rasuljon Rahmonberdievning fikrlari bilan qiziqdik.

- "UzDongJu" yaxshi jamoa. Raqibning ustun tarafi shundaki, ular oxirgi ikki-uch mavsumdan buyon deyarli bir xil tarkibda o'ynab kelmoqda. Tabiiyki, bunday holatda jamoaviy o'yin juda yaxshi shakllanadi. So'nggi uchrashuvlarda ko'p ochko yo'qotyapmiz. To'g'ri, istasangiz ham, istamasangiz ham bu futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Ammo biz ruhan "sinib" qolganimiz yo'q. Bugungi bahsda ham faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz, uch ochkoni qo'lga kiritish va g'alabali o'yinlarimizni boshlab olish, - deydi futbolchi.

"Oq-tepa" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia