Rasmiy xabar: "Paxtakor" A'zamov, Suyunov va Tursunov bilan xayrlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2023, 18:10
"Paxtakor" safida o'ynab kelgan bazi futbolchilar jamoani tark etishdi.

"2017 yildan buyon "Sherlar" safida o'ynab kelgan Sherzod A'zamov va Eldor Suyunov, bir yarim yil o'ynagan Doston Tursunovga klub rahbariyati jamoa g'alabalariga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. A'zamov va Suyunov "Paxtakor" bilan beshtadan chempionlik, ikkitadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogida zafar quchdi. A'zamov jamoamiz bilan jami 141 uchrashuvda ishtirok etib, 3 gol muallifiga aylandi. Suyunov esa 108 o'yinda maydonga tushdi. Tursunov esa bir yarim yil ichida ikki bor chempionlikni qo'lga kiritdi. Doston 24 bellashuvda 2 to'p kiritdi.

Sherzod A'zamov, Eldor Suyunov va Doston Tursunovga klub bilan erishilgan g'alabalar uchun minnatdorchilik bildirib, ularga faoliyatida omad tilaymiz", - deb yozadi "Paxtakor" klubi matbuot xizmati.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz