Rasmiy xabar: "Lokomotiv" Shvetsiyada o'ynagan rossiyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2020
Rossiyalik futbolchi, o'z davlatining bir qator klublarida yaxshi faoliyat olib borgan Kirill Pogrebnyak "Lokomotiv" a'zosiga aylandi.

1992 yilning 27 iyun kunida tug'ilgan Kirill "Lokomotiv" tarkibida 2018 yilda o'ynagan Nikolay Pogrebnyakning egizagi hisoblanadi.

O'tgan 2019 yilgi mavsumni Shvetsiyaning "Falkenberg" jamoasida o'tkazgan Kirill qishki yig'inlar davomida murabbiylar ishonchini oqladi va "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi.

2020 yilgi mavsumda u Osiyo chempionlar ligasi, O'zbekiston Kubogi va Superliga bahslari doirasida "Lokomotiv" tarkibida o'ynaydi.

Kirill Pogrebnyakning statistikasi bilan tanishing:

2011-2013, 2014-2016 "Tom" (Tomsk) 87 o'yin, 27 gol
2013/14 "Fakel" (Voronej) 24 o'yin, 8 gol
2016/17 "Zenit II" (Sankt-Peterburg) 11 o'yin, 3 gol
2017-2019 "Baltika" (Kaliningrad) 20 o'yin, 2 gol
2019 "Falkenberg" (Shvetsiya) 19 o'yin, 2 gol


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz