Rasman: "Valensiya" Cherishevni sotib oldi

Alisher
29 iyun 2019
Rossiya terma jamoasi va "Vilyarreal" futbolchisi Denis Cherishev "ko'rshapalaklar"ning to'liq o'yinchisiga aylandi.

Rossiya terma jamoasi yarim himoyachi bu klubda ijara asosida to'p tepayotgan edi.

Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bitim tafsilotlari esa oshkor qilinmayapti.

Futbolchi faoliyatini "Real"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Real" uni turli yillarda "Sevilya", "Vilyarreal" va "Valensiya" klublariga ijaraga bergan. 2016 yilda futbolchini "Vilyarreal" sotib olgan.

Cherishev 2012 yildan buyon Rossiya terma jamoasida harakat qilib keladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/valenciacf_en