

Futbolchi Qatar chempioni "Al-Garafa" bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik. "Al Garafa" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi Sneyder bilan kelishuvga erishilganini rasman e'lon qildi.
Uesli Sneyder "Ayaks", "Real", "Inter" kabi klublarda to'p tepgan. U 2010 yilgi Jahon chempionatida finalda o'ynagan va "Inter" safida 2010 yil Yevropa Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, "Al Garafa" "Paxtakor"ning Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi raqibi hisoblanadi. "Sherlar" 30 yanvar kuni Qatar chempioniga qarshi bahs o'tkazadi.




