Rasman: Turk grandi Ikardi va Matani o'z safiga qo'shib oldi

Eldor Akmurzayev
9 sen 2022
“Galatasaroy” Mauro Ikardi va Xuan Mata bilan shartnoma imzoladi.

Turk grandi 29 yoshli Ikardini PSJdan ijaraga oldi. Argentinalikning maoshi 6,75 mln evroni tashkil qiladi. U mazkur summadan 6 mln evroni parijliklardan, 750 mingini esa istanbulliklardan olishi ko'zda tutilgan.

Shuningdek, “Galatasaroy” MYUni erkin agent sifatida tark etgan Xuan Matani ham o'z safiga qo'shib oldi. 34 yoshli ispaniyalik bilan kelishuv 1+1 ko'rinishida bo'ladi. Mataning yillik maoshi esa 1,9 mln evroni tashkil etishi aytilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: galatasaray.org