Rasman: Sergey Lushchan "Navbahor" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi

Administrator
19 iyul 2024
Namangan klubi yangi bosh murabbiyni jamoaga tanishtirdi.

"Bugun oqshomda jamoamiz qarorgohiga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov  tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida  viloyatimiz rahbari “Navbahor” jamasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilarga Sergey Lushchanni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Lushanning jamoamizdagi faoliyatida omad yor bo'lishini tilaymiz", -deyiladi "Navbahor" PFK matbuot xizmati bergan bayonotda.

Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun ilgari Championat.asia sayti "Navbahor"ning yangi bosh murabbiyi aynan Sergey Lushchan bo'lishi haqida xabar bergandi.

Eshitdik-da! Sergey Lushchan – "Navbahor" bosh murabbiyi


AdministratorMuallif
Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати