Rasman: Sanjar Qodirqulov "Neftchi" futbolchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
7 dek 2023
Sal avval Championat.asia saytida chop etilgan xabar o'z tasdig'ini topdi.

"Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun mahoratli futbolchi Sanjar Qodirqulov "Neftchi" jamoasi  bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning yarim himoyachi ampluasida harakat qiladigan bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Sanjar Qodirqulov o'tgan mavsumni O'zbekiston Pro ligasida Toshkentning "Lokomotiv" klubida o'tkazdi. Futbolchi Pro ligada jami 18 ta uchrashuvda 1366 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urishning uddasidan chiqdi", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати