Rasman: Pogbaning akasi faoliyatini francuz klubida davom ettiradi

Alisher
18 may 2020
29 yoshli gvineyalik himoyachi Florentin Pogba faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Afrikalik futbolchining yangi klubi Liga 2'da ishtirok etuvchi "Sosho".

Tomonlar o'rtasidagi shartnoma o'yinchining tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng imzolanadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Florentinning so'nggi klubi "Atlanta Yunayted" bo'lgan edi. Pogba Amerika klubidan 2019 yilda ketgan.

Eslatib o'tamiz, Florentin Pogba MYU o'yinchisi Pol Pogbaning akasi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcsm_officiel