Rasman: Oston O'runov MTJning Qatar va KXDRga qarshi o'yinlarida ishtirok etmaydi

Alisher
10 noya 2024
Xabar tasdiqlandi.

"O'zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olgan futbolchimiz Oston O'runov tiklanish jarayoni sababli, shifokorlarning tavsiyasiga ko'ra bu galgi yig'inda ishtirok etolmasligi ma'lum bo'ldi. 

Futbolchimiz tez fursatda sog'ayib, keyingi yig'inlarda safga qaytishini tilab qolamiz", -  deyiladi xabarda.


Eslatib o'tamiz, bunga qadar saytimiz tomonidan Oston O'runovning MTJga yaqin o'yinlarda yordam bera olmasligini yozgandik. 

Ma'lumot uchun, Oston oktyabr oyidagi Eron bilan bahsda jarohatini yangilab olgan va "Persepolis"ga jarohat bilan qaytgandi. 

E'tiborlisi kecha O'runov Eron chempionati doirasida "Gol Goxar"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. 


AlisherMuallif
Manba: ЎФА