

Fransiyalik mutaxassis Sebasten Desabr qo'l ostidagi milliy terma jamoa JCH-2026 qitalararo pley-off bosqichi finalida Yamaykani qo'shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag'lub etdi. Aksel Tuanzebe 100-daqiqada g'alaba golini urdi.
Bu Kongo DR terma jamoasining Jahon chempionatidagi ikkinchi va 1974 yildan beri birinchi ishtiroki bo'ladi. O'shanda jamoa Zoir nomi ostida o'ynagan va guruh bosqichida Shotlandiya, Yugoslaviya va Braziliya bilan o'yinlarda umumiy 0:14 hisobida mag'lub bo'lgan.



