Rasman: "Olimpik" sobiq futbolchisi "Surxon"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2025, 15:25
Surxon jamoasi tarkibi yana bir futbolchi bilan to'ldi.

23 yoshli vinger Muhsin Bozorov endi "Surxon" sharafini himoya qiladi. U klub bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Bozorov avvalroq "Dinamo", "Olimpik" va "So'g'diyona" jamoalarida to'p tepgan. Uning transfer narxi 100 ming evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати