Rasman: Montella "Fiorentina"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
10 apr 2019, 20:41
"Fiorentina" rasmiy sayti jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Stefano Piolining o'rnida endi Vinchenco Montella ishlaydi. Tomonlar 2021 yilga qadar shartnoma imzolashdi.

Qayd etish kerak, Montella 2012-2015 yillar davomida "Fiorentina"ni boshqargan. Shuningdek, "Roma", "Kataniya", "Sampdoriya", "Milan" va "Sevilya" kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal