

Darvozabon Diego Benalo va Seydu Si shartnoma yakunlangani sabab jamoadan ketishdi. Xuddi shunday sabab bilan yarim himoyachi Mussa Silla ham klubdan ketdi.
Yana uch o'yinchi ijara shartnomasi yakunlangani sababli o'z klublariga yo'l olishdi. Xavbeklar Temue Bakoyoko va Adrien Silva, hujumchi Islom Slimanilar Angliyaga qaytishdi.
Fransiyalik Londonning "Chelsi" klubiga tegishli bo'lsa, portugaliyalik va jazoirlik futbolchilar "Lester" o'yinchisi hisoblanishadi.


