Rasman: "Milan" o'z safiga ikki futbolchini qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018
"Jenoa" yarim himoyachisi Diego Laksalt va "Vilyarreal" forvardi Samuel Kastilexo faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

Bu futbolchilar "rossonerlar" bilan shartnoma imzolashdi.

Hozircha bitim necha yilga mo'ljallanganligi ma'lum emas.

Kelishuv bo'yicha hujumchi Janluka Lapadula "Jenoa"ga, forvard Karlos Bakka esa "Vilyarreal"ga yo'l oldi.

"Milan" yozgi transfer oynasidagi ishini yakunladi" - deyiladi "Milan" bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com