Rasman: “Milan” futbolchisi RPL klubiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
22 iyun 2021, 20:35
“Rossonerilar” himoyachisi Diego Laksalt faoliyatini RPLda davom ettiradi.

28 yoshli urugvaylik “Dinamo” (Moskva) bilan 3+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Avvalroq, u moskvaliklar safida yiliga 2,5 mln evro ishlab topishi xabar qilingandi. “Milan” esa futbolchining transferidan 3,5 mln evro ishlab oldi.

Laksalt o'tgan mavsumni ijara asosida “Seltik”da o'tkazdi. U Shotlandiya chempionatida 17 o'yinda qatnashib, bitta gol urishga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcdynamo.ru