Rasman: "Metallurg" ispaniyalik murabbiy bilan shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2023
Bekobod jamoasi matbuot xizmati bosh murabbiy Luisma Ernandes bilan hamkorlik to'xtatilganini ma'lum qildi.

"Luisma Ernandes bilan oilaviy sharoiti hamda ikki tomon kelishuvi asosida mehnat shartnomasi bekor kilindi.

O'z navbatida, "Metallurg" futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa o'yinchilari nomidan "Metallurg"PFKdagi samarali mehnati uchun Luisma Ernandesga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida omad tilab kolamiz", – deyiladi bekobodliklar xabarida.

"Metallurg" 3 turdan 3 ochko to'plab, 12-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати