Rasman: Matteys de Ligt – "Manchester Yunayted" futbolchisi!

Administrator
14 avg 2024
Ingliz klubi o'z safini himoyachi bilan kengaytirdi.

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Matteys de Ligt transferini rasman e'lon qildi. Futbolchi "Bavariya" klubidan Manchester klubiga o'tdi. 

MYU futbolchini sotib olish uchun 45 mln evro sarfladi. Bundan tashqari, "Bavariya" 5 mln evroni bonus ko'rinishida olishi mumkin.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, de Ligt "Man Yunayted"ga o'tishni ikki oydan beri kutayotgan bo'lgan, u boshqa hech qaysi takliflarni ko'rib chiqmagan.


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com