Rasman: Maskerano "Barselona" bilan yangi shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2016
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano klub bilan yangi bitim tuzdi.

Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti e'lon qildi.

"Barselona" va Maskerano o'rtasidagi yangi kelishuv 2019 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Bitim imzolashda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, sport vice-prezidenti Xordi Mestre va texnik kotib Robert Fernandes ishtirok etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia